Isroil armiyasi 25-avgust kuni G‘azodagi Nosir shifoxonasiga aviazarbalar berdi. Hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga jami ikkita aviazarba yo‘llangan. Ikkinchisi qutqaruvchilar, jurnalistlar va boshqa odamlar dastlabki hujum joyiga yetib kelganidan so‘ng amalga oshirilgan. Mazkur hujum videosi jonli efirga uzatilgan.
Qurbonlar orasida quyidagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yurituvchi to‘rt nafar jurnalist bor:
- Hossam al-Masri — Reuters fotomuxbiri;
- Mohammed Salama — Al Jazeera fotojurnalisti;
- Mariam Abu Daqa — The Independent Arabic va Associated Press kabi bir qancha ommaviy axborot vositalari bilan ishlaydigan jurnalist;
- Moaz Abu Taha — NBC jurnalisti.
Isroil qo‘shinlari Nosir shifoxonasiga birinchi marta hujum qilmayapti va jurnalistlar ham birinchi marta nishonga olinmayapti. Shunday hujumlardan biri 10-avgust kuni amalga oshgan edi. O‘shanda ham Al-Jazeera telekanalining 4 nafar jurnalisti halok bo’lgan.
Izoh (0)