Yaqinda Uelsning “Kardiff” klubiga o‘tgan argentinalik hujumchi Emiliano Sala bo‘lgan samolyot halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi. Sala halokatdan avvalroq WhatsApp messenjeri orqali ovozli xabar yuborgan, deb yozadi Ole.
“Nant” bilan xayrlashgan futbolchi “Kardiff” safiga qo‘shilish uchun samolyotda yo‘lga chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot “Kardiff” klubiga tegishli bo‘lib, u texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lgan.
“Salom, yigitlar, ishlar qalay? Uka, kuchim qolmadi. Nantda ko‘plab ishlarni bajardim, hozir esa sochilib ketishi mumkin bo‘lgan samolyotda Kardiffga uchyapman.Sala joriy mavsum “Nant” safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgandi. “Kardiff” esa futbolchini o‘zi uchun rekord summa — 20,5 million yevroga sotib olgandi.Ertaga hammasi boshlanadi, kunduzi yangi jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkan. Aka-ukalar, opa-singillar qalay? Hammasi yaxshimi?
Agar yana bir yarim soatdan so‘ng mendan yangiliklar bo‘lmasa, bilmayman, kimdir meni qidiradimi? Balki, meni topishning imkoni umuman bo‘lmas. Ey Xudoyim, bu qanchalik dahshatli”,—deydi Emiliano Sala.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)