• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda tadbirkorning elektrdan noqonuniy foydalanish orqali davlatga yetkazgan zarari 22 barobar oshirib hisoblangan

    Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzgan deb topilgan tadbirkorga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi raisi Nosirjon Rasulovning ma’lum qilishicha, navbatdagi sud majlisida 2015-yil 28-sentabr kunidan “Xakan qurilish materiallari” MChJ direktori vazifasida ishlab kelgan fuqaro Sh. K.ning ishi ko‘rib chiqilgan.

    Sud sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib va ishda mavjud bo‘lgan dalillarga baho berib, quyidagilarni aniqlagan.

    Tadbirkor Sh.K. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 37-bandiga ko‘ra iste’molchi sifatida o‘z tasarrufidagi elektr qurilmalarining texnik holati va xavfsizligi, ularni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi, oqilona foydalanish, iste’molning belgilangan tartiblari bajarilishi va elektr energiyasi sifatining ta’minlanishi, shuningdek MIB va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun o‘zi javob berishi lozim. Shunga asosan Andijon tuman elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan Yuridik shaxslar uchun elektr ta’minoti shartnomasida qator talablar belgilangan. Tadbirkor qoida va shartnoma talablarini qo‘pol ravishda buzib, 2017-yilda jamiyatga o‘rnatilgan “Energomera” nomli, “SЕ-303” rusumli uch fazali umumiy foydalanishdagi elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida hisoblagichga o‘rnatilgan 427952-raqamli nazorat muhriga qasddan shikast yetkazgan. Bu ham yetmaganidek uning xotira bloki va dasturlashdan foydalanishdagi tugmasiga tashqaridan ta’sir ko‘rsatib, 2018-yilning 23-martidan 15-mayga qadar noqonuniy foydalanib kelgan.

    Andijon HETK AJ MIB bilan ishlash bo‘limi muhandisi A. Yu.ning suddagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, iste’molchilar tomonidan sarflanayotgan elektr energiyasini hisobga olinmay qolgan miqdori va qiymatini qayta hisob-kitob qilish maqsadida jamiyat va tuman ETKlari tarkibida hisob-kitob hay’ati tuzilgani, MIB viloyat boshqarmasining talabnomasiga asosan mazkur MChJ tomonidan elektr energiyasi foydalanish qoidalari buzilgani haqida rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha hisob-kitob qilinganda dastlab tadbirkor tomonidan 929 million 390 ming 036 so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan. Ma’lum muddat o‘tgach taqdim qilingan hujjatlar qayta o‘rganilganda jamiyatga elektr hisoblagich 2017-yil 4-yanvar kuni o‘rnatilgani, qoidabuzarlik haqidagi dalolatnoma 2018-yil 15-may kuni rasmiylashtirilgani aniqlanib, shu kunga qadar mavsumiy ish kunlari, amalga oshirilgan to‘lovlar va tariflar, joyidagi energiya quvvati, ishlash soati 24 soatga qayta hisob-kitob qilinganda 210 million 466 ming 248 so‘m, oxirgi hisob-kitobda esa 117 million 388 ming 728 so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan va tegishli tartibda undirilgan.

    Sudda dastlabki tergov organlari tomonidan qayd etilgan Qonun talablari va mazkur holatlar e’tibordan chetda qoldirilib, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni hisoblashda xatoga yo‘l qo‘yilgani, Andijon viloyat HETK AJ qayta hisob-kitob hay’atining 2019-yil 11-yanvardagi qayta hisob-kitob ma’lumotnomasiga ko‘ra hisobga olinmagan elektr energiya miqdori 57.360 kVt soat, 41 018 783 so‘mni tashkil etgani aniqlangan.

    Sudning yakuniy hukmiga ko‘ra, Sh.K. JKning 1852-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan, biroq JKning 70-moddasiga asosan jazodan ozod etilgan. Shuningdek, ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Andijon mintaqaviy filialiga o‘tkazilgan 117 million 388 ming 728 so‘mning 41 million 018 ming 783 so‘m miqdori jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun ushbu hisob raqamda olib qolish, qolgan qismi esa MChJ tomonidan kelgusida foydalanadigan elektr energiya hisobiga oldindan haq to‘lash sifatida hisob-kitob qilish belgilandi.

    Sud surishtiruv organi tomonidan Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgani, o‘n sutkadan ortiq uzaytirilishi lozim bo‘lgan bir oylik muddatda ham surishtiruv ishlari yakunlanmaganini inobatga olib, qayd etilgan xato va kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida xususiy ajrim chiqardi. Unga ko‘ra Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘iga ko‘rsatilgan holatlarni xodimlar o‘rtasida muhokama qilish, tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.

    23.01.2019, 15:32   Izoh (0)   14375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Myunxenda germaniyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

    23.01.2019, 15:25

    Erkinjon Turdimovning deputatlik vakolati tugatiladi

    23.01.2019, 14:23

    Rossiya va amerikalik olimlar Orol dengizi yoshini aniqladi

    23.01.2019, 13:42

    Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam ko‘rsatish markazlari soni 155 taga yetdi

    23.01.2019, 12:46

    O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2018-yilda 407,5 trln so‘mni tashkil etdi

    23.01.2019, 12:24

    “Bu shunchaki do‘stona munosabat”. Shahrisabzda direktor o‘rinbosari o‘quvchilarning sochini qaychilab tashladi

    23.01.2019, 12:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.