• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uning qilayotgan ishi tabobat talablariga umuman to‘g‘ri kelmaydi”. Hasan tabib aslida kim?

    O‘zbekistonliklar va ijtimoiy tarmoq foydanuvchilariga “Hasan tabib” nomi orqali tanilgan andijonlik Hasanboy Ismoilov bilan “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov suhbat uyushtirdi.

    Hasan tabib.

    Hasan tabib.
    Foto: “Daryo”

    So‘nggi paytlarda “Hasan tabib” nomi ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, YouTube hamda Facebook’da tez-tez takrorlanib, qizg‘in muhokamalar markaziga aylanmoqda. Shahrixonlik tabib sifatida nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni davlatlarda ham dong‘i ketgan bu insonning faoliyatini yoqlaganlardan ko‘ra, qoralovchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

    Xo‘sh, Hasan tabib aslida kim? U chindan ham tabibmi? Agar tabib bo‘lsa, faoliyati qachondan boshlangan? U nima uchun huzuriga kelgan bemorlarga faqatgina uch mahsulot: asal, xandon pista va no‘xatni iste’mol qilishni tavsiya qiladi? Uning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarini kimlar yuritadi? Blogerlar va internet foydalanuvchilarining tanqidlariga munosabati qanday? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Shahrixon tumanining “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi Hasan tabib bilan suhbatlashish uchun uning huzuriga otlandik.

    - Tabib sifatidagi faoliyatingizni qachondan boshlagansiz?- Dadam kosib bo‘lgan. Oilada olti o‘g‘ilning beshinchisiman. Men ham asli kosibman. Oldinlari shu hunar bilan shug‘ullanganman. Tabiblik faoliyatimga esa o‘ttiz yil bo‘lib qoldi. Odamlar kelib murojaat qiladi. Ularning holatini ko‘rib esa yo‘q deyolmayman.

    - YouTube videoxostingida shaxsiy kanalingiz borligiga ko‘zimiz tushdi. Uni o‘zingiz yuritasizmi?- To‘g‘risini aytsam, internetga unchalik tushunmayman. YouTube bilan bog‘liq ishlarni Sardorbek ismli ukamiz yuritadi. Aslida bu yigit to‘rt yil davomida AQShda davolanib, ikki marta miya operatsiyasini boshdan o‘tkazgan. Tutqanoq kasalligiga davo topolmagan va unga shifokorlar bu kasallikning shifosi mavjud emasligi, umrining oxiriga qadar dori ichib yurishdan boshqa iloji yo‘qligini ta’kidlashgan. Sardorbek ham shahrixonlik. U 2015-yili oldimga keldi va uning kasalligiga tashxis qo‘ydik. Uch-to‘rt oy ichida esa u sog‘lom bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng Sardorbek “Aka yer yuzida menga o‘xshab, shifo topolmay yurgan bemorlar juda ko‘p. YouTube’ga siz va faoliyatingiz haqida videolar joylab tursam qarshilik qilmaysizmi?”, dedi. Unga rad javobini berdim. Negaki, tabiblik menga ortiqcha yuk. Kuniga yigirma soat ishlayman. Tinim yo‘q ishonsangiz. Ertalab va tushlikdan keyin qabulimga kelganlar bilan shug‘ullansam, boshqa vaqtda og‘ir kasallarning yoniga olib ketishadi. Oradan bir necha oy o‘tgach, Sardorbek yana o‘sha mavzuda gap boshladi: “Siz o‘zingizni o‘ylaydigan odam ekansiz. Menga o‘xshagan kasallar oldingizga kelib, shifo topsa yomonmi?”, deya oxiri meni bir amallab ko‘ndirdi. To‘rt yildirki, YouTube’dagi videolarimni Sardorbek joylab turadi.

    - Oldingizga shifo topish umidida kelgan insonlarning kasalligi turlicha bo‘lsa-da, nima sababdan ularning barchasiga aynan asal, xandon pista va no‘xat yeyishni tavsiya etasiz?- Qur’oni Karimning besh joyida asalning shifoligi zikr etilgan. Shu sabab Yosin surasini o‘qiymiz. Asal va uning shifosi to‘g‘risida juda ko‘p bor izlanishlar olib borganman. O‘zimga tegishli qo‘llanma sifatidagi “Ming dard muolajasi”dan bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida foydalanishyapti. Xandon pista asab tizimini yumshatib beradi, asal esa yuvadi. Pistani bemorning yoshi va asab sistemasiga qarab tavsiya qilaman. Eng ko‘pi bilan 11 dona pista yeyishini tavsiya etaman. No‘xat organizmni “cho‘tkasi” hisoblanadi. Ko‘pchilik no‘xat yellik, deya tanovul qilmaydi. Aslida esa no‘xatni organizmga go‘shtdan ko‘ra foydasi ko‘proq. Bu uch mahsulot foydasini chuqur o‘rganganim bois tavsiya qilaman. Miya bu mahsulotlar quvvatini jamlab, keyin organizmga tashlaydi va ta’sir ko‘rsatadi.

    Hasan tabib.

    Hasan tabib.
    Foto: “Daryo”

    - O‘zbekiston xalq tabobat akademiyasining faoliyatingizga munosabati qanday?- Uch-to‘rt yil oldin Rossiya Federatsiyasiga borganimda, miya saratoniga chalingan bir chaqaloqqa tashxis qo‘yganman va buni ko‘rgan soha xodimlari meni tabobat bo‘yicha ishga taklif etishdi. Ammo bunga rozi bo‘lmadim. O‘sha yili yurtimizga qaytgach, huquq tartibot organi xodimlariga uchradim. Tuman IIB, tuman prokuraturasi va tuman soliq bo‘limidagilar bilan gaplashdim hamda o‘sha yildan boshlab yillik deklaratsiya to‘lab kelayapman. Qur’on o‘qib davolash faoliyatim noqonuniy emas. Yaqinda Prezidentimiz xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha imzolagan qarorini eshitib, quvonib ketdim. O‘zbekiston xalq tabobat akademiyasiga litsenziya olish uchun kerakli hujjatlarni topshirganman. Endi ularning javobini kutayapman.

    - Ayrim blogerlarning siz va faoliyatingiz haqidagi materiallari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarni yuzaga keltiryapti. Tanqidiy izohlar g‘ashingizni keltirmayaptimi?- Bundan bexabarman va ularning fikri men uchun qiziq emas. Oldimga faqat Shuhrat va Anvar aka ismli blogerlar kelgan xolos. Shuhrat hatto onamni oldingizga olib kelaman, degandi. Keyin menga nisbatan bildirgan salbiy fikrlaridan hayron bo‘ldim. Qolgan blogerlarning barcha fikrlari yolg‘on va tuhmat. Ularning hech biri yonimga kelmagan.

    - Aytishlaricha, taniqli san’at sohasi vakillari ham sizga murojaat qilib turisharkan...- Bu bor gap. Ammo ular qaysi qo‘shiqchiyu aktyorlar ekanligini aytolmayman. Yaqinda bir aktyor og‘ir holatda mashinada keldi va muolajalarga to‘g‘ri amal qilgani uchun qisqa fursatda oyoqqa turib ketdi.

    16 450 000 so‘m daromad solig‘i to‘lagan

    Hasan tabib bilan kechgan suhbatimizdan ochig‘i ko‘nglim to‘lmadi. 1 soatu 13 daqiqa davom etgan muloqotimiz mobaynida u ba’zi savollarimga mujmal javob berdi. Hatto uning ayrim javoblaridan kulishni ham, kuyishni ham bilmaysan kishi.

    Shundan so‘ng Shahrixon tuman davlat soliq inspeksiyasi murojaat qildim. Mazkur tashkilotdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Hasan domla haqiqatdan 2016-yildan beri soliq to‘lovchi sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. U jismoniy shaxs sifatida 2016–2017-yil jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshirgan hamda o‘rganish kunigacha 16 450 000 so‘m daromad solig‘i to‘lagan.

    “Davolash usullari tabobat talablariga zid”

    Men avvallari bu insonni davolash usullariga qiziqmasdim. Yaqinda xodimlarim uning hammaga bir xil tashxis qo‘yib, davolayotganini videoga olib kelishdi. Uni o‘zi bilan ko‘rishganda ham bu yo‘l bilan kasal davolab bo‘lmasligini aytib, kerakli maslahatlarni berdim. Kelgusida bizning tashkilotga a’zo bo‘lishi va uning tartiblarini tushuntirdim. O‘zi yaxshi, aqlli odamga o‘xshadi. Ammo qilayotgan ishi tabobat talablariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. U shu paytgacha kimlarni qaysi kasallikdan xalos etgani to‘g‘risida bizda aniq ma’lumotlar yo‘q. Hasanboy agar biz aytgan hujjatlarni to‘liq tayyorlab kelsa, uning faoliyatini chuqur o‘rganib, so‘ng biror aniq javob aytishimiz mumkin.

    Ibrohimjon Asqarov, O‘zbekiston tabobat akademiyasi raisi

    22.01.2019, 16:22   Izoh (0)   129523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand avtomobil zavodining avtobus va yuk mashinalari QQSdan ozod etildi

    22.01.2019, 15:46

    Orol bo‘yiga 2 ta samolyot, 549 ta texnika va mingdan ortiq ishchi jalb etildi

    22.01.2019, 15:33

    Bir haftada onlayn auksionda 2,1 mlrd so‘mlik avtomobil raqami sotildi

    22.01.2019, 15:21

    Hayotga intilayotgan bola: Shifokorlar uni yashamaydi, deyishgandi

    22.01.2019, 15:10

    Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlikda gumonlanayotgan Shodali Qilichov: Uni o‘ldirishni xohlamagandik

    22.01.2019, 14:00

    2018-yilda O‘zbekiston 2,9 mlrd dollarlik oltin sotdi

    22.01.2019, 13:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.