O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovidan ozod etilgan. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.
“Samarqand avtomobil zavodi”ning asosiy vazifasi bu O‘zbekiston Respublikasining avtotransport korxona va tashkilotlari, shuningdek MDH mamlakatlarini avtobuslar, yuk avtomobillari hamda yuk avtomobillari kuzovlari bilan ta’minlashdan iborat.
“Samavto” MChJ qariyb 20 yildan buyon (1999-yil mart oyidan boshlab) avtobus hamda kichik va o‘rta hajmli yuk mashinalari ishlab chiqaradi.
Izoh (0)