Toshkent shahridagi kommunal soha korxonalarining aktivlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, “Sergeli tumani kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati”, “Bektemir tumani kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati”, “Mirzo Ulug‘bek tumani kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati”, “Chilonzor tumani kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati” va “Yashnobod tumani kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJlar ustav kapitalidagi davlat ulushlari Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazildi.
Izoh (0)