Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi markaziy stadion sport musobaqalari, turli tantanalar o‘tkaziladigan asosiy maydon sifatida uzoq yillar xizmat qilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bir vaqtlar sportchilar, muxlislar bilan gavjum bo‘lgan stadion bugun qarovsiz holga kelib qolgan. Tribuna o‘rindiqlari eskirgan.
Sportchilar kiyim almashtirish xonalari, murabbiylar xonasi xarobaga aylangan.
Stadion atrofida to‘plangan maishiy chiqindilar uyumi esa dilni xira qiladi.
Izoh (0)