2018-yilda O‘zbekiston 2,9 milliard dollarlik oltin sotdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.
Oltin mamlakat eksportining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Masalan, o‘tgan yili qora va rangli metallar sotuvi 1,1, tekstil mahsulotlari 1,6 oziq-ovqat mahsulotlari esa 1 milliard dollar keltirdi.
Shunga qaramay, eksport qilingan oltinning umumiy hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 89,2 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2018-yil kuzida oltin eksportini to‘xatib qo‘ygan, bu mamlakatda uning zaxiralarini ko‘paytirish imkonini bergandi.
Izoh (0)