18-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani Beshbola qishlog‘ida yashovchi O.M.ning hovlisidagi molxonasidan 5 bosh qoramolni o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahar Motrid mahallasida yashovchi S.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)