16-yanvar kuni Xorazm viloyatining Urganch shahar al-Beruniy ko‘chasida yashovchi O.V. ismli shaxs uyida oilaviy janjal sababli birga yashovchi rafiqasi R.T.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xorazm viloyatining Urganch shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ayol kasalxonaga yotqizilgan, er qo‘lga olingan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)