2018-yilda O‘zbekiatonda neft qazib olish o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foizga — 746,4 ming tonnaga kamaydi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida tabiiy gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilga nisabatan 6,1 foiz — 59,842 milliard kubometrgacha oshgan, neft qazib olish esa 8,2 foiz — 746,4 ming tonnaga kamaygan.
Ma’lumot uchun, 2018-yilda mamlakatda 1,147 millon tonna (2017 yilga nisbatan 3,7 foiz ko‘p), benzin va 1,081 million tonna (+12,2 foiz) dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)