2018-yil — O‘zbekiston tarixida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan yil bo‘ldi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.
“To‘g‘ri, o‘tgan yilda FHDYo organlarida 768,3 ming nafardan ko‘proq tug‘ilganlik qayd etildi va bu eng ko‘p ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Ularning 400,9 ming nafari o‘g‘il bolalar va 367,4 ming nafari qizaloqlar,” – deydi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Behzod Shodiyev.
Eng muhimi, aholi o‘sishi tabiiy o‘sish hisobiga ta’minlangan.
2019-yilda Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari aholisi 3 milliondan oshgan hududlar qatoriga kirdi.
Aholisi kam viloyatlarga Sirdaryo va Navoiy kiradi.
Aholi zichligi 2019-yil 1-yanvar hisobiga ko‘ra bir kilometr kvadratga 74,1 kishini tashkil etadi.
Izoh (0)