20-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida qizlar o‘rtasida “Technovation Uzbekistan—2019” tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga universitetning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Xalqaro texnologik tanlov uchinchi bor Toshkentdagi Inha universiteti ko‘magida butun dunyo qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Loyiha qizlarning texnik sohalarga qiziqishini oshirishga, shuningdek ularga texnologiyalar yordamida ijtimoiy muhim masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Izoh (0)