Kolumbiya poytaxti Bogota shahridagi harbiy maktabda yuz bergan portlash oqibatida kamida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bogota meri Enrike Penyalosaning ma’lum qilishicha, 10 kishi jarohat olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, minalashtirilgan avtomobil 17-yanvar kuni erta tongda bitiruvchilarga unvonlar topshirish marosimi boshlanishidan oldin portlagan.
Izoh (0)