Sietl shahridan bo‘lgan Maykl Galos Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Bill Geytsning Dick’s fast fudida navbatda turgan rasmini chop etdi, deb yozmoqda TJournal.
Surat tagida u quyidagicha izoh yozgan:
“Boyligi 100 milliard dollar bo‘lgan, tarixda eng yirik xayriya kompaniyasiga egalik qiluvchi odam Dick’s kafesida burger, kola va fri kartoshkasi uchun navbatda turibdi... Oq uydagi badavlat odamlardan farqli ravishda, haqiqiy boy odamlar o‘zini ana shunday tutadi”.
Izoh (0)