17-yanvar kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Tausamali mitti tumanida Eurocopter 130 vertolyoti halokatga uchradi, uchuvchi halok bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews.
“‘Alatau’ sanatoriyasining ochiq hududiga Sky Service aviakompaniyasining xususiy vertolyoti qulab tushdi. Bortdagi 1968-yilda tug‘ilgan uchuvchi tez yordam mashinasida vafot etdi”, — dedi Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili.
Vertolyot Katta Olmaota ko‘liga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)