AQShda dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — Vanguard Group asoschisi Jon Bogl 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Saraton xastaligi tufayli olamdan o‘tgan Boglda yurak bilan bog‘liq muammolar ham bor edi. 1967-yilda unga kardiostimulyator o‘rnatilgan, 1996-yilda esa yurak ko‘chirib o‘tkazilgandi.
Bogl kompaniyaga 1975-yilda asos solgandi. Birinchi yili kompaniya boshqaruvidagi aktivlar summasi 1,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib bu raqam 5,1 trillion dollarga yetdi.
Fortune jurnali Boglni XX investitsiya sektorining 4 nafar gigantlaridan biri deb atagan, Time esa dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritgandi.
Izoh (0)