Xitoyning Chan’e-4 kosmik kemasi Oyning orqa tomonida qo‘nib, unda biologik tadqiqot o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda .
Tadqiqot doirasida kosmik kema Oyga olti xil bologik namunalar — paxta, raps, kartoshka, rezuxovidka, xamirturush va urchitilgan pashsha keltirdi. Ular apparat ichida joylashgan. Kosmik kema orqali olingan suratda o‘simliklarda dastab kurtaklar paydo bo‘lganligi ko‘ringan.
Xabarda aytilishicha, bu gravitatsiya darajasi past bo‘lgan va kuchli radiatsiya sharoitida sayyora sun’iy yo‘ldoshi sirtida o‘sib chiqqan birinchi kurtak. Olimlar biologik namunalar holatini kuzatishni davom ettirmoqda.
Avvalroq, “Chan’e-4” kosmik kemasi Oyning orqa tomoniga muvaffaqiyatli qo‘ngani va dunyoda ilk bor uning yirik plandagi suratini olgani haqida xabar bergan edik.
Izoh (0)