IShID bilan bog‘liq jangarilar Nigeriya shimoli-sharqidagi Rann shahrini egallab oldi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shaharda armiya va jangarilar o‘rtasida qaqshatqich janglar ketayotgani, imoratlarning bir qismi vayron bo‘lgani aytilmoqda. Mahalliy aholi o‘z uylarini tark etmoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Rann to‘liq jangarilar qo‘liga o‘tgan, hukumat kuchlari esa shaharni tark etgan. Shahar IShID rahbariyatiga qasamyod keltirgan “G‘arbiy Afrika islom davlati” (ISWA) kuchlari tomonidan zabt etilgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)