Indoneziyaning Tomoxon shahrida timsoh biolog ayolni tiriklayin yeb qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Fojia timsoh saqlanadigan tadqiqot laboratoriyasida yuz bergan. Biolog Deyzi Tuvo Merri laqabli timsohni go‘sht bilan oziqlantirish uchun hovuzga yo‘l olgan. Uning qoldiqlarini hamkasblari timsohning jag‘ida topgan. Ular qutqaruvchilarni chaqirgan va qiyinchilik bilan jasadni timsohdan tortib olgan.
Politsiyaning fikricha, Merri orqa oyoqlarida tik turgan, sakragan va ayolga hamla qilgan. Timsoh veterinariya klinikasiga olib borilgan, shifokorlar uning oshqozoni tarkibini o‘rganib chiqishi kerak.
44 yoshli Tuvo laboratoriyaning yetakchi olimi bo‘lgan
Merri har doim o‘z qondoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lgan, biroq odamlarga hujum qilmagan, shuning uchun u go‘sht, tovuq va baliq bilan oziqlantirilgan.
Izoh (0)