Toshkent dorixonalariga qozog‘istonlik diabetga chalingan bemorlar uchun mo‘ljallangan qalam shpritslar noqonuniy keltirilgan. Bu haqda Regnum axborot agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Sputnik.
“Pravoviy medi-sentr” jamg‘armasining direktori Diana Okremovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston poytaxtida insulin narxlari Qozog‘istondagi ulgurji narxlardan past bo‘lib chiqdi. Bitta qalamning narxi 60 ming so‘m, ya’ni 7 dollardan biroz ortiq. Bir o‘ramda ularning soni besh dona. Qozog‘istonda bir o‘ramning chakana narxi — 20 ming tengedan ortiq.
Huquq-tartibot organlari holat yuzasidan surishtiruvni boshladi, jamg‘arma Qozog‘iston rasmiylarining reaksiyasini kutmoqda.
Izoh (0)