O‘zbekistonda Facebook, YouTube va “VK” VPN’siz ishlay boshladi. Bir necha oydan buyon O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishning imkoni bo‘lmayotgan edi. Ular nega ishlamagani sababi hali ham noma’lum.
“Gezeta.uz”ning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidagi manbasi ushbu ijtimoiy tarmoqlarning blokdan olinganini tasdiqlagan. Biroq bu vaqtinchalik yoki butunlay ekanini aniqlay olmagan.
Bundan avval O‘zbekistonda internet ishlamay qolib, uning tezligi sezilarli darajada tushib ketgan edi.
Izoh (0)