Yaponiya Britaniyaning Vouchercloud portali tomonidan tuzilgan eng aqlli mamlakatlar ro‘yxatiga boshchilik qildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Ikkinchi o‘rindan Shveysariya, uchinchi o‘rinni esa Xitoy egallagan. Amerika Qo‘shma Shtatlari ro‘yxatning to‘rtinchi pog‘onasida, Niderlandiya — beshinchi, Rossiya esa oltinchi o‘rinda.
Shuningdek, mazkur ro‘yxatda Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Janubiy Koreya ham bor.
Mazkur reyting har bir mamlakatda Nobel mukofoti laureatlari soni, shuningdek aholining ilmdagi muvaffaqiyatlari hamda o‘rtacha IQ darajasiga asoslanib tuzilgan.
Ro‘yxatdan asosan Osiyo va Yevropa mamlakatlari joy olgan. Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, sayyora kelajagi Osiyo mamlakatlariga bog‘liq.
Izoh (0)