• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi. Tabrik matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimizning muhtaram faxriylari!

    Qadrli yurtdoshlar!

    Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azmu shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Mutafakkir shoir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o‘z oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir.

    Biz sizlar bilan — ana shunday g‘oyat mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli o‘g‘lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

    Aynan sizlarning yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, bolalarimiz, mo‘tabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashamoqda, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bo‘lmoqda.

    Fursatdan foydalanib, o‘z farzandlarini — Qurolli Kuchlarimizning askar va ofitserlarini Alpomishdek botir, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalagan barcha ota-onalarga, harbiylarimiz bilan hayot quvonchi va tashvishlarini doimo baham ko‘rib kelayotgan ularning rafiqalari va oila a’zolariga katta rahmat aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman.

    Muhtaram vatandoshlar!

    Mana shu bayram kunlarida barchamiz Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va mushtarak ekanini har qachongidan ham teran his etmoqdamiz.

    Bu borada armiya va xalq birligini ta’minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tuzilma — harbiy-ma’muriy sektorlar barcha hududlarda samarali faoliyat yuritayotgani g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

    Ana shunday islohotlar tufayli “Armiya va xalq — bir tanu bir jon!” degan olijanob g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.

    Qadrli do‘stlar!

    Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab davrda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

    Davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini ifoda etadigan yangi Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi. Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jangovar kuchga aylanib bormoqda.

    Barchamiz yaxshi anglaymiz: bu borada har bir harbiy xizmatchining professional bilim va malakasi, aqliy salohiyati, ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularda vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish o‘ta muhim ahamiyatga egadir.

    Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga bundan keyin ham alohida e’tibor qaratamiz. Masalan, 2019 yilning o‘zida harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli kreditlar asosida 116 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi. Harbiy xizmatchilarning 700 dan ziyod farzandlari oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, harbiy shaharchalarni obod qilish, ularning hududida zamonaviy infratuzilmalar barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettiriladi.

    Xalqimizning “Bilagi zo‘r birni yengadi, bilimi zo‘r — mingni” degan maqolida chuqur ma’no bor. Shu nuqtai nazardan, Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiya qilish, xususan, harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim, ilg‘or xorijiy tajribalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.

    Ayni vaqtda shaxsiy tarkib o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash va jangovar ruhni, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Shu maqsadda yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul qilishdan avval “O‘zbekiston tarixi” fani va “Temur tuzuklari” kitobi bo‘yicha sinov o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

    Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, ushbu sohadagi qadriyat va an’analarimizni targ‘ib etish, askar va ofitserlarimizning zamon qahramonlari sifatidagi qiyofasini badiiy asarlar, spektakl va filmlar orqali keng yoritib berish alohida ahamiyatga ega. Bu borada taniqli olimlar, adib va shoirlarimiz, ijodkor ziyolilar, madaniyat namoyandalari yanada samarali faoliyat olib boradilar, deb ishonch bildiraman.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Mard va jasur Vatan himoyachilari!

    Sizlarni ota-onalaringiz, oilalaringiz, butun xalqimiz bilan birgalikda keng nishonlayotgan bugungi shonu sharaf ayyomi — Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.

    Barchangizga el-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi doimo yor bo‘lsin!

    13.01.2019, 08:30   Izoh (0)   41192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda kamida 200 ming dollarlik ko‘chmas mulk sotib olgan xorij fuqarosi bu yerda yashash huquqini qo‘lga kiritadi

    12.01.2019, 23:55

    Toshkentda ota o‘g‘lining qilmishini ko‘tara olmay, sud yig‘ilishidan so‘ng vafot etdi (video)

    12.01.2019, 23:34

    Xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

    12.01.2019, 22:33

    Farg‘onada harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

    12.01.2019, 21:53

    Bosh prokuratura “O‘zmetkombinat”ning sobiq rahbariyatiga qarshi tergov olib borilayotganini ma’lum qildi

    12.01.2019, 19:55

    O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori mamlakatlar reytingini boshqardi

    12.01.2019, 16:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.