Mutaxassislar noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kelib chiqqan yurak- qon tomir kasalliklari oqibatida o‘lim darajasi bo‘yicha davlatlar reytingini tuzdi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashriga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori davlat O‘zbekiston ekanligi bildirilmoqda. Mamlakatda 100 ming aholidan 394 kishi taomlanishdagi zararli odatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Aksilreytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarida Turkmaniston va Qirg‘iziston qayd etilgan.
Ushbu ro‘yxat o‘nligiga, shuningdek, Ukraina, Moldova, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiya ham kirdi. G‘arbiy Yevropada eng yomon ko‘rsatkich Germaniyaga tegishli.
Izoh (0)