• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirish nima uchun kerak?

    Urbanizatsiya (lotincha urbanus — shaharlik) jamiyat rivojida shaharlar, shahar madaniyati va shaharlarga xos boshqa munosabtlarning rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Urbanizatsiya qishloq aholi punktlarining shaharlarga aylanishi, shahar atrofi zonalarining kengayishi va qishloq aholisining shaharlarga ko‘chib borishi hisobiga yuz beradi. Bu haqda mustaqil ekspert Timur Musayev fikr yuritgan.

    Foto: Trend

    Foto: Trend

    Bu jarayon yildan yilga tezkorlik bilan aks etib bormoqda. Masalan, 1800-yilda dunyo aholisining 2 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, 1950-yilda bu ko‘rsatkich 30 foizni, hozir esa 50 foizni tashkil qiladi. 2050-yilga borib esa Yer shari aholisining 2/3 qismi shaharlarda yashashi kutilmoqda.

    Urbanizatsiyaning o‘ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlari borligi barchaga ma’lum. Lekin bu — alohida mavzu. Shunisi aniqki, urbanizatsiyaning qay darajada ijobiy yoki salbiy ahamiyatga ega bo‘lishi uning davlat tomonidan tartibga solinishi yoki solinmasligi bilan bog‘liq.

    Soddaroq qilib aytganda, agar urbanizatsiya jarayonlari yetarlicha tartibga solinmasa shaharlar aholisining soni va u yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, ish o‘rinlari soni o‘rtasida katta tafovut paydo bo‘ladi. Bu esa, shaharning umumiy qiyofasini ayanchli ahvolga olib kelishi bilan bir qatorda juda ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, masalan, ishsizlik, narx-navoning ortishi, uy-joy tanqisligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining yetishmasligi kabilarni keltirib chiqaradi.

    Prezidentning “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aynan ana shu muammolarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta o‘ylab, aql bilan tartibga solish uchun qabul qilindi.

    Yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya agentligining asosiy vazifasi ham aynan shu jarayonlarni tartibga solishdan shundan iborat bo‘ladi.

    Yerni xususiylashtirishdan maqsad nima?

    Prezidentning “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining yana bir muhim ahamiyati shundaki, 2019- yil 1-iyuldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zlariga tegishli uy-joylar, bino va inshootlar egallab turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi beriladi.

    Yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulk biz uchun mutlaqo yangi tushuncha emas. Amaldagi Yer kodeksida ham savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari xususiylashtirilayotganda ular egallagan yer uchastlari bilan birgalikda xususiylashtirish mumkinligi, shuningdek xorijiy diplomatik vakolatxonalar mamlakatimizda yer uchastkalarini xususiy mulk sifatida sotib olishlari mumkinligi nazarda tutilgan.

    Lekin qabul qilingan farmonning ko‘lami juda keng. Bunda barcha yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zlari egallagan yer uchastlarini xususiylashtirish huquqi beriladi.

    Yerlarni xususiylashtirishdan maqsad nima? Shuni aytish kerakki, bundan ko‘zlangan eng asosiy maqsad ayrim tahlilchilar tushunib-tushunmay aytayotganlaridek davlat byudjetini qo‘shimcha daromad bilan to‘ldirish emas.

    Birinchi navbatda bu islohot odamlarni mulkdor qilishga qaratilgan. Ya’ni fuqarolar va tashkilotlar o‘zlari egalik qilyotgan yoki foydalanayotgan yer uchastkasini davlatdan muayyan nominal qiymatda xarid qilgan holda, bozor narxida undan bir necha barobar qimmat mol-mulkka ega bo‘ladi. Xususiylashtirilgan yerlar fuqarolik oborotiga kirishi natijasida esa, uning narxi borgan sari ortib boraveradi. Natijasida fuqarolar qo‘lidagi mol-mulkning qiymati, o‘z navbatida ularning iqtisodiy holati ortib boraveradi.

    Yerga nisbatan xususiy mulkni joriy etishdan ko‘zlangan keyingi maqsad mulk huquqini to‘liq kafolatlashdan iborat. Yer uchastkasi mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgandan keyin uning o‘zi ham, uni ustida joylashgan bino ham to‘liq daxlsiz bo‘ladi. Bu investorlar uchun eng muhim kafolat hisoblanadi.

    Urbanizatsiyani boshqarish va yerlarni xususiylashtirish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

    Har ikki islohot (urbanizatsiyani boshqarishga o‘tish va yer uchastkalarini xususiylashtirish) alohida olganda juda katta va mustaqil, shu bilan birga, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq islohot hisoblanadi.

    Oddiy bir misol. Urbanizatsiya jarayonlari samarali boshqarilgan shaharlarda shahar markazida biznes-markazlar, mehmonxonalar, aholi dam olishi uchun mo‘ljallangan saylgohlar bo‘lishi, aholi turar joylari shaharning nisbatan chetrog‘ida yoki shahar atrofi bo‘ylab joylashgan yo‘ldash-shaharlarda bo‘lishi, ishlab chiqarish obyektlari esa, shahardan imkon qadar olisda bo‘lishi kerak.

    Bunday ideal holatni kuch bilan yoki biror majburiyatni mulkdorlar zimmasiga yuklab qilib bo‘ladimi? Aslo yo‘q. Chunki hech kim o‘zi egallab turgan joyning buzilishi ki ko‘chirilishiga rozi bo‘lmaydi.

    Mana shu joyda xususiylashtirish bizga yordamga keladi. Biz yer uchastlarini xususiylashtirish orqali ularnining mulk sifatidaga qiymati oshirishiga sabab bo‘lamiz. Har bir fuqaro yoki tashkilot o‘z yeriga shunchaki qulay joydagi hudud sifatida emas, kapital sifatida qaray boshlaydi.

    Masalan, siz Toshkent shahrida joylashgan qandolat fabrikasi egasisiz. Fabrika joylashgan yer uchastkasini muayyan nominal narxda xususiylashtirib oldingiz. Endi xususiy mulk sifatida uning narxi o‘z-o‘zidan oshib ketaveradi. Shunga yarasha siz to‘laydigan mol-mulk solig‘i ham ortib boradi.

    Shunda siz o‘z-o‘zingizga savol berasiz: shu qandolat fabrikasini Toshkentni markazida bo‘lishi menga kerakmi? Shahar tashqarida tursa nimasi yomon? Keyin kalkulatoringizni olib hisoblashga o‘tasiz. Siz egallab turgan yerning bozor narxi 100 million so‘m bo‘lsin. Toshkentdan tashqarida, masalan, Bo‘ka tumanida huddi shu maydondagi yerni 10 million so‘mga sotib olsa bo‘ladi. Fabrikaning uskunalarini ko‘chirib qayta o‘rnatish ham taxminan 10 million so‘mga tushadi. Qarabsizki, siz bu ko‘chirishdan 80 million foyda topasiz va uni o‘z biznesingizga kiritsangiz bo‘ladi.

    Siz sotuvga qo‘ygan yer uchastkasini esa boshqa fabrika egasi emas, balki yuqori mol-mulk solig‘i to‘lasa ham aynan shahar markazida joylashishi shart bo‘lgan obyekt, masalan, mehmonxona, yirik savdo markazi, yirik kompaniyalar va banklar uchun ofis qurish niyatida bo‘lgan boshqa tadbirkor sotib qoladi.

    Shu tariqa, hamma xursand, urbanizatsiya jarayoni esa bozor qonuniyalari orqali tartibga solingan bo‘lib chiqadi.

    13.01.2019, 12:03   Izoh (0)   38227
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi bayram tadbiriga askar onalari taklif etildi

    13.01.2019, 11:42

    Samarqandda “Hindiston — Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi sessiyasi boshlandi

    13.01.2019, 11:23

    O‘zbekistonda Bosh prokuratura tekshiruvlari natijasida 343 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi

    13.01.2019, 11:09

    “Kesmoqchi emas, shunchaki butab qo‘ymoqchi edik”

    13.01.2019, 10:10

    O‘zbekistonda harbiy qismlardagi yoshlarning eng yaxshi boshlang‘ich tashkiloti tanlovi g‘oliblari aniqlandi

    13.01.2019, 09:35

    O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va harbiy xizmatchilardan bir guruhi mukofotlandi

    13.01.2019, 09:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.