Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaa ishlari boshqarmasi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida Yoshlar markazida askar onalari ishtirokida tantanali marosim o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Tadbirga taklif etilgan, ayni paytda armiya safida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning onalariga izzat-ikrom ko‘rsatilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

— O‘g‘lim Mansurjon Navoiy viloyatida yigitlik burchini o‘tamoqda, — deydi shunday onalardan biri M.Jo‘rayeva. — Hozir bu yerda farzandim sha’niga aytilgan iliq so‘zlardan juda to‘lqinlanib ketdim. O‘g‘lim xizmat qilayotgan harbiy qism komandirining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishim ko‘nglimni ko‘tardi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Irodaxon Qo‘chqorovaga ko‘ra, bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlar, balki ota-onalar uchun ham katta rag‘bat vazifasini o‘taydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi