55 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan ikki bola 12-yanvar kuni Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida texnik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Van Hool rusumli avtobus (davlat raqami 310 DHB 13) Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgan. Yo‘lovchilarga unga Qozog‘istonning Turkiston viloyatida, Jibek Joli (sobiq Chernyayevka) chegara-o‘tkazish punktida chiqqan.
Avtobus “Pavlodar—Ostona” avtomobil yo‘lida, Kalmakan qishlog‘idan 30 kilometr uzoqlikda to‘xtab qolgan. Taxminan soat 14:10 da Pavlodar Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari yo‘lovchilarni isitish punktiga — “Sputnik” stansiyasi yaqinidagi o‘rta maktab binosiga evakuatsiya qildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatish ehtiyoji bo‘lmagan.
Yo‘lovchilarni so‘nggi manzilga yetkazish uchun Novosibirskdan yo‘lovchi avtobus yo‘lga chiqqani bildirilmoqda. Avtobus 13-yanvar kuni soat 13:00 da manzilga yetib boradi.
Izoh (0)