Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya kuzatuvchilarining saylovlarda ishtirok etish uchun bergan talabnomalarini qabul qilmaydi. Bu haqda vazirlik rahbari Pavyol Klimkin ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Uning aytishicha, gap agressor mamlakat haqida ketayotgani uchun shunday qarorga kelish zarur deb hisoblagan.
Prezidentlik saylov kampaniyasi allaqachon boshlangan. Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan bo‘lib, saylov 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Makaziy saylov komissiyasi 31-dekabrdan 3-fevralgacha nomzodlar hujjatlarini qabul qiladi.
Izoh (0)