Saudiya Arabistonining Maslahat kengashi deputatlari 15 yoshdan kichik o‘smirlarga nikohga kirishni taqiqlashni talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, kengash qiz yoki o‘g‘il bola bo‘lishidan qat’i nazar, 15 yoshga kirmagan o‘smirlar bilan nikoh kelishuvini taqiqlashni talab qilmoqda.
Bundan tashqari, kengash 18 yoshga kirmagan o‘smirlarni nikohdan o‘tkazish bo‘yicha vakolatni ixtisoslashgan sudga berishga rozilik bildirgan.
O‘tgan yilning iyul oyida saudiyalik deputatlar 15 yoshdan kichik qizlar uchun nikoh qurishni taqiqlashni va 18 yoshga kirmaganlarga qizning va uning onasining roziligi bilan tegishli tibbiy ko‘rikdan keyin turmushga chiqishga ruxsat berishni talab qilgan.
Izoh (0)