• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘quvchilarga dars paytida telefondan foydalanishga ruxsat berish taklifi ilgari surildi

    Pedagogika fanlari nomzodi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining filologiya fakulteti dotsenti Shahlo Yo‘ldosheva dars jarayonida mobil telefonlardan foydalanishni va mobil telefonlar hamda turli gadjetlarni maqsadli qo‘llashni tezlashtirishni taklif qilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida tegishli xabar Yesimxan Kanaatov tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Maqolada aytilishicha, mamlakatning iqtisodiy hayoti, barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish bo‘yicha islohotlar va ilg‘or texnologiyalar, tabiiyki, ta’lim sohasini chetlab o‘tishi mumkin emas. Aksincha raqamli iqtisodiyot asosini kadrlar va ta’lim tashkil qiladi.

    “Shunday ekan, raqamli O‘zbekiston kelajagi hozirda maktab partasida o‘tirgan bolalarimiz, yoshlarimiz qo‘lidadir. Albatta, ular raqamli iqtisodiyotni boshqara oladigan, taraqqiy ettiradigan darajada sifatli va zamonaviy bilimga ega bo‘lsa, kelajagimiz buyuk bo‘ladi, raqamli O‘zbekiston xavfsizligi ta’minlanadi

    “Mutaxassislar ta’kidlayotganidek, nafaqat informatika, balki umumta’lim maktablari o‘quv rejasidagi barcha fanlarni o‘qitishda raqamli texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan rejalarning ro‘yobga chiqish sur’atini oshiradi.

    Shuningdek, ma’rifatning, taraqqiyotning muxoliflari bo‘lgani, har qanday yangilikni joriy qilishda qarshiliklar, ziddiyatlarga duch kelingani kabi raqamli texnologiyalarni ta’limga olib kirishda ham bir-birini istisno qilayotgan holatlar ko‘zga tashlanadi. Jumladan, raqamli ta’limni joriy qilishda bu yaqqol namoyon bo‘lmoqda:

    1. Raqamli texnologiyalarni ta’limning quyi bo‘g‘inlaridan boshlab tatbiq qilishga ta’lim muassasalari, xususan, maktablarning moddiy ta’minoti javob beraolmasligi.2. Fan o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirishdan ko‘ra an’anaviylikni qulay va oson deb hisoblashi.3. Umumta’lim fanlaridan elektron adabiyotlarning yetarli emasligi.4. Kompyuter va turli gadjetlarning inson salomatligi, ruhiyatiga salbiy ta’siri, o‘quvchilarning mediamadaniyati, “teleavlod” tushunchasi kabilar”, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, multimedia vositalari bilan maktablarni to‘liq jihozlashni qo‘l qovushtirib kutib o‘tirishning hojati yo‘q. Aslida bu ishni to‘la yakunlash imkonsiz ham. Qolaversa, kompyuter texnologiyalari va raqamli texnologiyalar kun sayin yangilanmoqda, takomillashmoqda.

    “Shuning uchun aksariyat mamlakatlarda qo‘llanilayotganligi kabi o‘quvchilarning gadjetlaridan foydalanish tajribasini qo‘llash mumkin. Afsuski, o‘quvchilarning qo‘l telefonlaridan foydalanish ta’lim muassasasi hududida, ayniqsa, dars jarayonida taqiqlanishi bo‘yicha tegishli vazirliklarning buyruqlari bunga monelik qiladi.

    “Aksariyat hollarda an’anaviy metodikaning o‘zi noo‘rin foydalanilganligi, bu holat esa deyarli ‘zanglagan’ o‘qitish metodikasini paydo qilganligini ham tan olish kerak. Avvalo, ‘zanglagan’ metodikani ‘yarqiratish, jilolantirish’, uning afzalliklarini qayta namoyon qilish, ikkinchidan, pedagogik va raqamli texnologiyalarga murojaat qilish zarur”, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, internetda rus tilini o‘rganish uchun yaratilgan elektron lug‘atlar, videodarslar, elektron daftarlar, mobil ilovalar bor.

    “Uzluksiz ta’lim tizimi ta’limning sifat darajasini yuqori ko‘tarishdek mashaqqatli davrni boshidan kechirmoqda. Buni amalga oshirishda an’anaviy ta’lim va raqamli texnologiyalarni aralash qo‘llash o‘z hayotini buyruq va ko‘rsatmalar asosida emas, balki o‘z tafakkuri va yurak amriga ko‘ra qura oladigan yoshlarga ta’lim-tarbiya berish vositasiga aylanishi muqarrar”, — deya so‘zlariga yakun yasaydi muallif.

    08.01.2019, 16:07   Izoh (0)   21640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda fuqaro mast holatda qo‘shnisini urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

    08.01.2019, 15:47

    O‘zbekistonda ikki haftada onlayn auksionda 6,6 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

    08.01.2019, 15:36

    Gruziyaning TBC banki O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

    08.01.2019, 15:24

    Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi

    08.01.2019, 15:11

    Namanganda qarovsiz qolgan 2 yoshli bola gugurt bilan uyni yoqib yubordi

    08.01.2019, 14:42

    Navoiyda gaz quyish shoxobchalarida 1 kub metan 2000 so‘mdan 2200 so‘mgacha sotilmoqda

    08.01.2019, 14:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.