O‘zbekiston iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va O‘zA joylardagi vakillari birgalikda hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida o‘rganish o‘tkazdi.
Navoiy viloyati avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalarida 1 kub gazning sotilish narxi to‘g‘risida ma’lumot quyida keltiriladi:
Navoiy shahridagi “Nurota Zamin”, “Zarafshon Fayz Oil” va “Sputnik Karmana Invest”, Karmana tumanidagi “Karmana Gazservis”, “Marinel gaz”, Nurota tumanidagi “Metangaz Nurota”, Navbahor tumanidagi “Sputnik Avto Servich”, Xatirchi tumanidagi “Muhammad Ali Quvonchi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2200 so‘mdan sotilmoqda.
Zarafshon shahridagi “Navoiy Ascom”, “Zarafshon glas”, Konimex tumanidagi “Karmana Alfagaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida esa uning bahosi 2100 so‘m.
Shuningdek, Qiziltepa tumanidagi “Qiziltepa Zarafshon Alangasi”, “Qiziltepa Metangaz Trans”, “Gaz Alians Servis”, “Zarafshon Avtogaz”da haydovchilar 2000 so‘mdan gaz quyib olmoqda.
“Avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi narxlardagi bunday o‘zgarishlarga kim javob beradi? Ularni tartibga chaqiradigan va narx-navodagi bunday sakrashlarga izoh bera oladigan mutasaddilar bormi?”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)