Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi, shuningdek, transport logistikasi yaxshiladi. Bu haqda davlat rahbari qaroriga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Poytaxt hokimligiga joriy yil 1-iyulga qadar barcha tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rish va zarur yo‘l infrastrukturasiga ega obyekt qurilishiga kirishish topshirilgan.
Aeroport yaqinida ko‘p qavatli avtoturargoh barpo etish masalasi 2015-yildan beri muhokama qilinadi. Dastlab 800 mashinaga mo‘ljallangan shunday joy qurish rejalashtirilgandi. Keyinchalik loyiha bir necha bor qayta ko‘rib chiqilgan va qoldirilgan.
Izoh (0)