Toshkentda qo‘shnilar o‘rtasidagi o‘zaro janjal o‘lim bilan yakunlandi, deb xabar berdi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
2019-yil 5-yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi G.D. mast holda qo‘shnisi M.P.ning uyida u bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada M.P. olgan jarohati bo‘yicha hech qayerga murojaat qilmay, 7-yanvar kuni uyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.D. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)