Donald Tramp AQShda favqulodda holat joriy qilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Joriy etilishi kutilayotgan favqulodda holat Meksika bilan chegarada mudofaa vazirligi mablag‘lari hisobiga devor qurish imkonini beradi.
Vitse-prezident Mayk Pensning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Oq uy huquqshunoslari ushbu masalaning qonuniy tomonlarini o‘rganmoqda.AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yuqorida qayd etilgan masala yuzasidan millatga murojaat bilan chiqishi haqida ma’lum qildi.
Murojaat Toshkent vaqti bilan 9-yanvar kuni ertalab soat 07:00 amalga oshiriladi.
“Hozirda devorni qurish bo‘yicha tortishuvlar sababli AQSh budjeti qabul qilinmagan, buning oqibatida o‘tgan yil oxiridan buyon hukumat idoralarining bir qismi ishlamayapti”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)