Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroilda ishlab chiqilgan inqilobiy texnologiya tarixda ilk bor shifokorga operatsiya xonasidan 32 kilometr masofada jarroh robotini qo‘llash orqali yurak kateterizatsiyasini bajarish imkonini berdi. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Corindus kompaniyasi tomonidan yaratilgan noyob texnologiyadan foydalanib masofadan bajarilgan jarrohlik amaliyoti Hindistonning Ahmadobod shahridagi “Arex” kasalxonasida o‘tkazildi.Aslida bu turkum operatsiyalar bo‘lib, kateterizatsiya jarayonini ketma-ket yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan besh nafar bemor boshdan kechirdi.

Beshta amaliyotning barchasi jahonga mashhur kardiolog shifokor Tias Fattel tomonidan amalga oshirildi.

Uning hamkasbi va hamkori doktor Sanji Shaa amaliyot vaqtida bemorning yonida bo‘lib, har qanday vaziyatda yordam ko‘rsatishga shay edi.

Uzoqdan kateterizatsiya texnologiyasidan foydalangan holda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti vaqtida shifokor operatsiya xonasidan tashqarida, lekin bemordan juda qisqa masofada turib, maxsus konsol yordamida jarayonni nazorat qildi.

CorPath jarrohlik roboti 2002-yilda NaviCath (bugungi kunda “Corindus” deb ataladi) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u “Rambam” kasalxonasining yetakchi kardiologi professor Rafael Biyar tomonidan yaratilgan.

Keyinchalik, “Rambam” kasalxonasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasidagi Texnion bazasi Massachusets shtatiga (AQSh) ko‘chib o‘tdi va u tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar bugun dunyoning 50 ta tibbiyot markazlarida qo‘llaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi