5-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasiga start berildi.
Musobaqaning ilk o‘yinida mezbon BAA terma jamoasi Bahrayn termasi bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda hisob 78-daqiqada Bahrayn termasi a’zosi Muhammad al-Rohaimiy tomonidan ochildi. 87-daqiqada esa mezbonlar hujumchisi Ahmad Halil penaltidan gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Natijada BAA va Bahrayn ham o‘z visobiga bittadan ochko yozib qo‘ydi.
Osiyo Kubogi—2019
“A” guruhi, 1-tur
5-yanvar, shanba
BAA—Bahrayn 1:1
Gollar: 0:1 - 78 Muhammad al-Rohaimiy, 1:1 - 87 penalti Ahmad Halil.
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan kurash olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)