Ayni damda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. MOQ rahbari safar doirasida Paraosiyo va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etd, deb xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ham qatnashdi.
Tadbir davomida III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan sportchilar — Abdumalik Xalakov (boks) va Umidjon Jalolov (erkin kurash) Spark avtomobillari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning murabbiylari, Paraosiyo o‘yinlari sovrindorlari Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Sharif Halilov, Sherzod Namozov, Shuhrat Boboyev va Muhammad Rihsimov kabi sportchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Umid Ahmadjonov safar davomida viloyatdagi boshqa sport obyektlariga tashrif buyurishi ham rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)