O‘zbekistonning bosh archasi o‘rnatilgan va ommaviy sayllar o‘tkazilayotgan Istiqlol ko‘chasida 2-yanvar kuni 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 24 nafar bola yo‘qolib qolgandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ayrim holatlarda ichki ishlar xodimlariga ota-onalarning o‘zi murojaat qilgan, ba’zida yaqinlarini yo‘qotgan va yig‘layotgan bolalarni xodimlarning o‘zi payqagan.
Bunday holatlar haqida xabar olinishi bilan IIBB xodimlari ratsiya orqali yo‘qolgan yoki aksincha, topilgan bolaning alomatlarini bir-biriga bildirgan.
Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlarni Yangi yil sayllari 8-yanvargacha davom etishi, sayr davomida bolalarni ko‘zdan yo‘qotmaslik uchun hushyor bo‘lishni tavsiya qilgan.
Izoh (0)