Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi oshpaz” musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan mazkur musobaqada 6 ta bo‘linmaning 12 nafar harbiy xizmatchisi o‘zlarining oshpazlik mahoratini sinab ko‘rdi. Barcha ishtirokchilarga birdek masalliq va qozon-o‘choq berildi. O‘zbek milliy taomlaridan bo‘lgan oshni tayyorlash jarayoni hakamlar hay’ati tomonidan kuzatib borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, serjant Bahodir Shokirov o‘zi pishirgan osh bilan g‘olib deb topildi. Dastlabki uchta o‘rinni egallagan harbiy xizmatchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)