Joriy yilning 30-dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi O.P. mast holda uyida jiyani A.N. bilan o‘zaro janjallashib, uning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada A.N. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. O.P. esa qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)