• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston bojxona tizimida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda

    O‘zbekiston bojxona chegarasidan tovarlar, qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalari noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish, bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan transport vositalari va yuklarning samarali bojxona ko‘rigini ta’minlash, bojxona tartib-taomillarini tezlashtirish maqsadida chegara bojxona postlarini eng zamonaviy katta hajmdagi skaner qurilmalari bilan jihozlash bojxona organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.
    Bu davlat rahbarining joriy yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan, deyiladi O‘zA xabarida.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shu maqsadda O‘zbekiston bojxona chegaralarida zamonaviy innovatsion texnologiyalar joriy etildi. Ular yordamida katta hajmli transport vositalari yoki konteynerlar ichidagi tovarlarning joylashgan shaklini ko‘rish, konteyner ichidagi tovarlarning deklaratsiyada ko‘rsatilganligiga mosligi, kontrabanda predmetlari bor-yo‘qligini nazorat qilish mumkin.
    Ayni paytda mamlakatimiz sarhadlaridagi “Do‘stlik”, “Olot”, “Ayritom”, “Sariosiyo” chegara bojxona komplekslari, “Yallama”, “Navoiy”, “S.Najimov”, “Oybek”, “Xo‘jayli”, “Dovut-ota” chegara bojxona postlarida va “G‘alaba”, “Karakalpakiya” temir yo‘l chegara bojxona postlari hamda “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida zamonaviy inspeksion-ko‘rik majmualaridan samarali foydalanilmoqda.
    Soha vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining texnik salohiyatini mustahkamlash sohasida ko‘rsatilgan eng ko‘p miqdordagi texnik ko‘mak Xitoy Xalq Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
    O‘zbekiston bojxona postlarini katta hajmdagi skaner qurilmalari bilan jihozlash loyihasi doirasida joriy yilda Xitoy Xalq Respublikasining grant mablag‘lari hisobidan RF6010-rusumli temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmuasi (IKM) taqdim etildi.
    Mazkur qurilma Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona posti tasarrufiga topshirildi. Bundan tashqari, mazkur davlat granti asosida “Nuctech Co LTD” tashkiloti tomonidan temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmuasi O‘zbekiston temir yo‘lining 3353-km, 10-sonli piket yo‘lida o‘rnatildi.
    RF6010-rusumli temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmuasi Xitoy hukumatining granti doirasida taqdim etilishi rejalashtirilgan beshta katta hajmdagi skaner qurilmalaridan birinchisidir. Mamlakatimizga birinchi inspeksion-ko‘rik majmua 2009-yilda Toshkent viloyatining “Yallama” chegara bojxona postiga o‘rnatilgan edi.
    Inspeksion-ko‘rik majmuasini samarali qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad nafaqat kontrafakt tovarlar yoki kontrabandaning oldini olish, balki xavfni boshqarish orqali bojxona nazorati samaradorligini oshirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirib, eksport va import jarayonlarini yanada tezlashtirishdan iboratdir.
    2014-yilda avtotransport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yana uch dona inspeksion-ko‘rik majmua Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmalarining “Xo‘jayli”, “S.Najimov” va “Oybek” chegara bojxona postlariga o‘rnatildi. 2017-yilda 20 dona o‘rta hajmdagi skaner qurilmalari taqdim etilgan bo‘lib, ularning barchasidan hozirgi kunda bojxona postlarida samarali foydalanilmoqda.
    Prezidentimizning joriy yil 24 noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, endilikda 2019—2021-yillar davomida bosqichma-bosqich tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Dout-ota”, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama”, “S.Najimov”, “G‘ishtko‘prik”, “Oybek”, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik”, “Madaniyat”, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” hamda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “O‘zbekiston” bojxona postlariga tutash joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy bojxona terminallari bunyod etiladi.
    Kelgusida mazkur bojxona terminallarining barchasida jami hisobda kuniga 3,4 mingdan ortiq avtotransport vositasini o‘tkazish imkoniyatiga erishiladi.
    Farmon bilan sohada xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi amaliyotga joriy etilmoqda. Endilikda tovar va transport vositalari uchun ham bojxona nazoratida maxsus yo‘laklar joriy etildi. Jumladan, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yo‘laklar ishga tushirilsa, 2019-yil 1-martidan boshlab “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar joriy etiladi.
    Ushbu tizim tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda bojxona operatsiyalari o‘tkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Bojxona xodimi xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishga majbur hisoblanadi.
    Ushbu tizimning joriy etilishi har tomonlama tahlil asosida bojxona nazorati obyektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga, bojxona nazorati hajmining kamayishiga, sifatining oshishiga, mavjud kuch va vositalardan optimal foydalanishga, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirishga hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
    Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bojxona to‘lovlari dinamikasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida mamlakatimizga import qilingan tovarlardan 10 trillion 408 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirildi.
    Yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, sohalar rivojini ta’minlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 41 trillion 394,6 milliard so‘m miqdorida imtiyozlar qo‘llanildi. Bu esa umumiy hisoblangan bojxona to‘lovlarining qariyb 80 foizini tashkil etadi.
    Shuningdek, bojxonachilar tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan 11 oyida jami 11 ming 66 huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, 136 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida ushlab qolindi.
    Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar 2019 yilda ham izchillik bilan davom ettiriladi.
    Xususan kelasi yilning 1-fevralidan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etiladi.
    Chegara bojxona komplekslari va postlariga o‘rnatilgan skaner qurilmasi yurtimiz sarhadlari orqali o‘tayotgan katta hajmdagi transport vositalarini bir necha soniya ichida to‘liq skanerdan o‘tkazmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, bojxona ko‘rigi samaradorligini yanada oshirib, bojxona ko‘rigi uchun ketadigan vaqtning sezilarli darajada qisqarishiga xizmat qilmoqda.

    31.12.2018, 18:03   Izoh (0)   11986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qamchiq dovonida harbiylar uchun Yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi

    31.12.2018, 17:42

    Qozog‘iston orqali o‘zbek gazini transportirovka qilish boshlandi

    31.12.2018, 17:28

    O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega

    31.12.2018, 17:21

    Milliy gvardiya vakillari Yangi yil arafasida Termizdagi bemorlarni yo‘qladi

    31.12.2018, 17:10

    2018-yil O‘zbekiston armiyasi uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi?

    31.12.2018, 17:00

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

    31.12.2018, 16:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.