Kanadada yuk poyezdi va yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Avariya temir yo‘l o‘tkazgichida yuz bergan. Yengil avtomobil poyezd yo‘lini katta tezlik bilan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq ulgurmagan.
To‘qnashuvdan so‘ng poyezd avtomobilni rels bo‘ylab sudragan. Mashina ichidagi ikki kishi hodisa qurboniga aylangan.
Izoh (0)