Bangladeshning turli mintaqalarida parlament saylovlari davomida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlardan 7 nafari hukmron “Xalq ligasi” partiyasi va 5 nafari muxolifatdagi “Birlashgan milliy front” a’zolari ekanligi bildirilmoqda.
Turli siyosiy oqimlar tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Chittagong, Rajshaxi, Dinajpur, Rangamati, Bogra va boshqa shaharlarda sodir bo‘ldi.
Politsiya saylov uchastkalariga hujum qilganlarini to‘xtatish uchun qurol ishlatishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)