Indoneziya favqulodda va muxtor elchisi Anak Agung Gde Alit Santhika va Turkiya favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen O‘zbekistondagi missiyasini yakunlagan, deb yozadi Turon24.
29-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov har ikki elchi bilan alohida uchrashuv o‘tkazgan. Indoneziya elchisi O‘zbekistonda 4 yil muvaffaqiyatli faoliyat olib borgani aytilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on 20-dekabr kuni O‘zbekistonga Turkiyaning elchisi etib Mehmet Surayyo Erni tayinlagan edi. U bungacha Turkiya hukumati huzuridagi hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2016-yil dekabrdan beri shu paytgacha Axmet Bashar Shen ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)