• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir shapaloq uchun 50 ming dollar jarima. Janubiy Koreyadan nimani o‘rganishimiz kerak, nimani o‘rganishimiz kerak emas?

    “Daryo”ning doimiy kolumnisti Azamat Akbarov Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professoridir. Yosh bo‘lishiga qaramay, u allaqachon dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida bo‘lgan. U ayni paytda bo‘lib turgan davlati — Janubiy Koreyaning rivojlanish sirlari, shuningdek, O‘zbekiston undan nimani o‘rganishi kerak, nimani o‘rganishi kerak emas — shu masalalar haqida fikr yuritadi.

    Uning aytishicha, aksariyat koreyaliklar O‘zbekiston haqida deyarli hech narsa bilmaydi; ular mamlakatning hududi, poytaxti va geografik o‘rnidan umuman bexabar. O‘zbekistonning ko‘p millatli mamlakat ekanligi ko‘pchilikni hayron qoldiradi.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Nega aynan Janubiy Koreya?

    To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bir necha variant ichidan bitta mamlakatni tanlash uchun uzoq fikr yuritdim, biroq Janubiy Koreyani tanladim.

    Birinchidan, sifatli ta’lim. Jahonning eng yaxshi ta’lim tizimlarining global reytingida Koreya eng yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi. Ikkinchidan, kuchli iqtisodiyot. 2004-2009-yillarda yashab, ishlagan, menga tanish bo‘lgan rivojlangan Sharq mamlakatiga borish har doim ham qiziqarli. Yevropada sakkiz yil, Qozog‘istonda ikki yil yashadim. Yevropaning qariyb hamma mamlakatlarini kezib chiqdim. Bizda G‘arb davlatlari haqida gapirishganda, rivojlangan infratuzilma obyektlari, tolerant va tabassum qiluvchi insonlar esga olinadi. Men u yerga borganimda o‘zim kutgan narsa va hodisalarning guvohi bo‘ldim.

    Koreyada esa sharoit biroz o‘zgacha. Bu ham rivojlangan davlat, biroq u sharqiy yarim sharda joylashgan, bu yerda esa insonlar mentaliteti o‘zgacha, hayot haqidagi tushunchalar, qadriyatlar va temperament o‘zgacha. Janubiy Koreya ta’lim tizimining xalqaro maydondagi mavqesi juda baland. Bu tizim turli sabablarga ko‘ra qadrlanib kelinadi. Jumladan, uning nisbatan yuqori test sinovlari natijalari va Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanishini ilgari surishi hamdir, chunki bu tizimda dunyoda eng bilimli ishchi kuchi tayyorlanadi. Janubiy Koreyaning havas qilsa arzigulik akademik ko‘rsatkichlari Britaniya ta’lim vazirlarini Koreyaning jiddiy olg‘a yurish sur’ati va a’lo darajaga yetishishga bo‘lgan g‘ayrat va yuqori ta’lim muvaffaqiyatlari bilan bellashish uchun o‘z tizimlaridagi dars dasturlari va imtihonlari modellarini qayta ishlab chiqishga majbur qildi.

    Yoshi 25-34 da bo‘lgan koreyaliklarning 68 foizida bakalavr diplomi bor. Ularning aksariyati Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotida (IHRT) ishlashadi.

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya orasida qanday farq bor?

    Koreyaliklar juda mehnatsevar, o‘z ishiga, hatto bir narsani boshqa joyga olib qo‘yish kabi oddiy ishga ham o‘ta katta mas’uliyat bilan yondashadigan xalq. Biz o‘zbeklar koreys xalqining bu xislatiga havas qilishimiz lozim. Balki oramizdagi asosiy farq ham shundan iborat bo‘lsa kerak. Koreys xalqi erta tongdan juda ko‘p ishlaydi — mehnatni sevadi. Shuningdek, bu xalq vakillari boshqalarga juda do‘stona munosabatda bo‘ladi. Metroda, bekatda, bozorda — biror joyda biror narsa uchun navbat paydo bo‘lsa, itarish, navbatni buzishga urinish kabi tartibsizlik umuman kuzatilmaydi.

    Bu yerda bepul tarqatilib turgan non yoki ovqat uchun odamlar bir-birini ur-to‘polon qilishini yoki Navro‘zda mega-rekord palov uchun, bolalarni himoya qilish kunida bepul muzqaymoq uchun odamlar uymalashishini hech qayerda ko‘rmadim. Odamlar bir-biriga yo‘l beradi yoki o‘tkazib yuboradi. Mana bu holat o‘zbekistonliklar o‘rganishi lozim bo‘lgan xislat — bir-birini va, avvalambor, inson o‘zini xuddi mana shu kabi hurmat qila bilish.

    Koreya ko‘chalaridagi tartib va politsiya xodimlarining fuqarolarga munosabati menga yoqadi. Menimcha, Janubiy Koreya poytaxti dunyoda eng xavfsiz shaharlardan biri deb tan olinadi: bu shaharning har bir burchagida kameralar o‘rnatilgan, tartib o‘rnatuvchi politsiyachilar juda do‘stona munosabatda — kerakli bo‘lgan holatlarda, halokatga uchragan insonga yordam beradi.

    Do‘stona koreyaliklar

    Koreyaliklar har qanday ziddiyatli holatni yumshoqlik bilan hal qilishga urinadi. Men ikki erkak kishini yelkalari bilan bexosdan to‘qnashib ketganlariga ikkisi ham darhol to‘xtab, ta’zim qilib bir-biridan kechirim so‘raganiga guvoh bo‘lganman. Biroq bunday xulq o‘zaro hurmatgagina bog‘liq emas. Yuzga shapaloq urish uchun  50 000 dollar jarima undirilishi, og‘irroq holatlarda esa qamoq jazosiga ham tortilishi mumkin. Qisqasi, koreyaliklar sudlarga qatnashni va politsiya chaqirishni xush ko‘radi. Deyarli hamma joyda kameralar o‘rnatilgan. Agar biror kishi lift ichida “yengil hojatini” chiqarsa, u kishining darrov shaxsiyati aniqlanib, topilib, jazolanadi.

    Koreyada qariyalar soni juda ko‘p va aksariyatining qomati egilgan yoki bukri bo‘lib qolgan. Aytishlaricha, bu holat koreyaliklar deyarli sut mahsulotlari tanovul qilmasligi va insonlar ko‘p og‘ir mehnat qilishi bilan bog‘liq. Aytmoqchi, koreyaliklarda yoshi ulug‘larga jamoatchilik transportida joy berish va  umuman yordam berish qabul qilinmagan. Ko‘p hollarda bu haqorat sifatida tushuniladi.

    Bu mamlakatni sevishimga sabab bo‘lgan ko‘plab kundalik hayotda uchraydigan odat va voqealar mavjud. Koreya kafe va restoranlarida bepul suv berishlari, asosiy taomga qo‘shib bepul salatlar tortishlarini hamda kofe quyuvchi mashinadan bepul foydalanish mumkinligi juda yaxshi odat. Har bir do‘konda mikroto‘lqinli pechka o‘rnatilgan — ularda xohlagan taomni isitib olish, choy yoki suv isitgichdan qaynoq suv olib kofe tayyorlab olish mumkin.

    Janubiy Koreyada yerning har bir tanobi hisobda, shu bois ular sholi yoki boshqa biror narsa ekishadi.

    Aytgancha, bizga maktabdan tanish bo‘lgan dunyo xaritasi Koreyada umuman boshqacha tuzilgan. Mahalliy xaritada Janubiy Koreya naqd markazda ko‘rsatilgan. Madaniyat va mentalitetimiz turli bo‘lishiga qaramasdan,  ikki mamlakat o‘rtasida o‘xshashliklar mavjud. Bu yerliklar ham biz kabi hamma narsani ko‘z-ko‘z yaxshi ko‘radi, faqat ular juda maqtanishmaydi, ularning hashamatga bo‘lgan munosabatlari biroz boshqacha.

    Bir maoshga avtomobil olish imkoniyati

    Ko‘plab vatandoshlarimizning Janubiy Koreyaga pul ishlash uchun borayotganlarini tez-tez eshitib turaman. Odamlar biror joyga dam olishga emas, pul ishlash uchun borishi achinarli hol. Ularning barchasini tushunsa bo‘ladi — moddiy imkonlar yetarli emas, narx-navo esa o‘sib bormoqda.

    Janubiy Koreyada 1000 dollar atrofidagi minimal maosh bilan bizning odamlar bu yerda ishlatilgan avtomashina sotib olishga qurblari yetadi yoki, masalan, Filippindagi biror orolga dam olishga borib kelishlari mumkin. Shu sababdan ham odamlar Koreyaga yo‘l oladi; ba’zilar haqiqatan ham 2000-3000 dollargacha maosh oladi, ammo bu juda og‘ir mehnat talab qiladi.

    Hozir Koreyada mahalliy til va ingliz tilini o‘rgaganayotgan o‘zbekistonlik talabalar ko‘p. O‘zbekistonliklar bir-biri bilan uchrashuvlarda va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiladi. Janubiy Koreyada MDH mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do‘konlar ochgan, O‘zbekistonga xos narsalar — qurut, tandir noni yoki holvani tatib ko‘rsa bo‘ladigan kafelar yurgizayotgan, Markaziy Osiyoda tug‘ilib katta bo‘lgan etnik koreyslar ham talaygina.

    Janubiy Koreya bizning tushunchamizda va tasavvurimizda

    Koreyaga kelgach, darhol tozalik va tartibga e’tibor qaratasiz. Tozalik va shinamlik aeroportdan boshlanib har bir tor ko‘chagacha. Hamma joy tozalangan. Ko‘chalarda uysiz bechoralar va tilanchilar yo‘q.

    Erkaklar qizlar/ayollar uchun eshik ochib turmasliklariga, ularni oldinga o‘tkazmasliklariga, joy bermasliklariga uzoq vaqt ko‘nikolmay yurdim, shuningdek, koreyaliklarda o‘z noroziliklarini ovoz chiqarish aytish odat emas. Bu yerda bemalol kalta yubka va shimlarda yurishadi, ammo ko‘krakni chuqur ko‘rsatuvchi dekolte ko‘ylaklar kiyish va yelkalarini ochiq holda qoldirib kiyinish axloqqa zid hisoblanadi. Koreyalik qizlar va ayollar bosonojkalar yoki ikki o‘lcham katta qayiqcha tuflilar kiyib yurishadi — hali-hanuz bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilolganim yo‘q.

    Tibbiyot darajasi ham ancha yuqori, ammo tibbiy xizmat ham o‘ziga yarasha qimmat. Bepul tibbiy yordamga umid qilmasa ham bo‘ladi. Masalan, tahlil (qon, peshob) topshirish va flyuorografik tasvir olish uchun 500 dollar atrofida to‘lash lozim, dori-darmonni qo‘shsak, bu raqam 800 dollarga chiqadi.

    Koreyada oliy ta’lim

    Oliy ma’lumotli bo‘lish juda muhim. Ko‘pchilik oliy ta’lim yaxshi hayot uchun yagona yo‘l varaqasi deb hisoblaydi. Bu mamlakatda barcha davlat ishiga, milliy kompaniyalarga ishga joylashishga harakat qiladi. Bunday korxonaga ishga kirish uchun suhbat va imtihonlardan o‘tish lozim. Raqobat juda katta, shuning uchun odamda biror nufuzli universitet diplomi bo‘lishi shart. Bunday universitetga kirish uchun esa koreyalik maktab chog‘ida haddan ortiq ter to‘kishi va bitiruv imtihonida eng yuqori balni olishi lozim. Imtihonni topshira olmagan odam o‘zini omadsiz deb hisoblaydi va bu uning hayotida xotin ham, farzandlar ham, ish ham bo‘lmaydi degan ma’noni anglatadi.

    Koreyaliklar o‘zlarini o‘lguncha ishlashga majbur qiladi

    Bu mamlakatda koreys tilida keragidan ortiq ishlashdan o‘lish ma’nosini beruvchi “gvarosa” degan so‘z bor. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab odam ortiqcha ishlagani tufayli o‘layotgan ekan. IHRT mamlakatlari orasida koreyaliklar bir haftada o‘rtacha ish soati eng yuqori bo‘lgan ikkinchi xalq hisoblanadi, bu mehnatsevar Germaniya xalqidan 50 foizga baland ko‘rsatkich. 2018-yilning iyul oyida, hukumat haftada maksimal ish soatlarini insonni holdan toydiruvchi 68 soatdan 40 soatga tushirishga va bunga 12 soat haqi to‘lanadigan ortiqcha ish soati qo‘shilishiga qonun maqomi berdi. Bu hujjat borasida prezident Mun shoyad “xalqimiz ortiqcha ishlaydigan jamiyatdan oilalari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazadigan jamiyat tomonga qadam qo‘yilsa” deb umid bildirdi.

    Koreya ortiqcha ishlashni talab qiluvchi jamiyatdir. Ular uzoq soat ishlashni yaxshi ishlash va mahsuldorlik deb tushunadi. IHRT a’zolari orasida Janubiy Koreyalikning bir haftalik o‘rtacha ish soati ko‘rsatkichi Meksika va Kosta Rika ko‘rsatkichlaridan keyingi uchinchi o‘rinda. Janubiy Koreya Shimol bilan bo‘lgan urushdan keyin tez orada oyoqqa turishga majbur bo‘lganligi tufayli har bir ishchidan ulkan hajmdagi ishni bajarishni talab qiluvchi tuzum yaratilgan edi. Endilikda bu madaniyatga, odatga aylandi.

    Koreyalik yosh ayollar farzand ko‘rishni ham, turmushga chiqishni ham xohlamaydi

    Ayollarda ishdagi boshliqlari ularni haydash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda degan hadik bor. Ayollar homilador bo‘lgan paytda xavotirga soladigan ko‘p hollar mavjud, shu bois ular homiladorligini e’lon qilishdan oldin uzoq fikrlab ko‘radi. Meni qurshab turgan odamlarning ko‘pchiligida farzandlari yo‘q va farzandli bo‘lishni rejalashtirishmaydi ham.

    Ko‘pincha Janubiy Koreyaning so‘nggi 50 yil ichida rivojlanayotgan mamlakatdan jahonning eng yirik iqtisodlaridan biriga aylanishi ortida og‘ir mehnat madaniyati, uzoq soatlar va o‘z ishiga sodiqlik turadi deb e’tirof etiladi. Ushbu o‘zgarishlarda ayollar roli ko‘pincha e’tibordan chetda qolganday tuyuladi.

    O‘z yurtida uylanishni istab, moddiy muammo yoki feminizm sababli uylanolmagan koreys erkaklari boshqa rivojlanayotgan davlatlarga borib, arzon va kam xarajat talab qiladigan marosimlarni o‘tkazib, o‘zga yurtlardan uylanadi. Bundaylar orasida o‘zbek ayollar ham bor.

    Koreyaning iqtisodiy muvaffaqiyati aksariyati ayollardan tashkil topgan, past ish haqi to‘lanadigan zavod-fabrika ishchilariga bog‘liq edi. Hozirgi kunda ayollar avvallari ko‘proq erkaklar egallagan sohalarni — boshqaruv va kasb-hunarlarni o‘zlashtirib bormoqda.

    Janubiy Koreyada chaqaloqlarning kamligi masalasi nuqtai nazaridan qaralsa, ushbu masalani tushunish oson bo‘lad. Mamlakatdagi nikoh qurish ko‘lami qayd qilish ishlari boshlanganidan buyon eng past ko‘rsatkichida — 1970-yilda 100 kishiga 9,2 nikoh to‘g‘ri kelgan, hozir esa 1000 kishi uchun 5,5. Nikohsiz juftliklardan juda kam bola tug‘iladi.

    Odamlarni oila qurishdan to‘xtatib turgan yana bir omil xarajatlarning kattaligidir. Davlat ta’limi bepul bo‘lsa-da, raqobatbardosh ta’lim ot-onalar farzandlari tegishli darajada bilimli bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha darslar uchun qo‘shimcha mablag‘ topishlarini talab qiladi.

    Ushbu tarkibiy qismlarning barchasi birlashib Koreyada yangi bir ijtimoiy fenomenni yaratdi — sampo avlodi. “Sampo” so‘zining ma’nosi uch narsadan voz kechishini anglatadi: qarindoshlar va yaqinlar bilan aloqalar, nikoh va farzand ko‘rishdan. Agar farzand tug‘ilishining past ko‘rsatkichlari haqida Janubiy Koreyaning yoshi katta avlodlari vakillari bilan suhbatlashsangiz, bu masalaga bo‘lgan munosabatlarda jiddiyat o‘ta keskin farq qilishini ko‘rasiz. Ular yosh avlodni o‘taketgan individualistlar va xudbin deb o‘ylaydi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    28.12.2018, 22:11   Izoh (0)   87177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Google o‘z ma’lumotlar markazlari uchun uchta yangi AES qurish buyurtmasini berdi

    Dunyo | 12 may, 18:30

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    Polsha Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasini yopib, diplomatlarni chiqarib yuboradi

    Dunyo | 12 may, 18:15

    O‘zbekistonda ahil oilalar hamda yosh kelin-kuyovlar ishtirokida “Oilalar sayli” o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 12 may, 18:00

    Fransiya 2040-yilgacha robot armiyaga ega bo‘ladi

    Dunyo | 12 may, 17:50

    Devid va Viktoriya Bekxemning kelini ularni “zahar va o‘ziga bino qo‘ygan” deb hisoblaydi

    Layfstayl | 12 may, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.