“Soyuz 2.1a” tashuvchi raketasi Rossiyaning ikkita Yerni masofadan zondlash “Kanopus-V” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Start Sharqiy kosmodromdan 27-dekabr kuni ertalab amalga oshirildi.
“Soyuz” shunindek 26 ta xorijiy kompaniyaning kichik kosmik uskunalarini orbitaga olib chiqadi.
Ulardan eng so‘nggisi raketadan ertalab soat 10 da ajraladi. Keyin “Fregat” tezlashish bloki orbitadan tushish uchun dvigatelni yoqadi hamda atmosferaga kiradi.
Bu Sharqiy kosmodrom tarixidagi to‘rtinchi parvoz bo‘ldi. Keyingi yil mutaxassislar u yerdan “Meteor-M” kosmik apparatini uchirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)