SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask patenti Rossiyaning “Energomash” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga tegishli bo‘lgan RD-180 dvigateli konstruksiyasini ajoyib deb atadi. Bu haqda u o‘z Twitter’ida yozdi.
“Boeing va Lockheed Martin kompaniyalari Atlas’dagi Rossiya dvigatelidan foydalanishiga to‘g‘ri kelishi uyat, ammo ushbu dvigatel konstruksiyasi ajoyibdir”, — deb yozdi u.
Suyuqlik vositasidagi RD-180 raketa dvigateli ULA kompaniyasining Atlas 5 eltuvchi raketasiga o‘rnatilgan.
Izoh (0)