Shveysariyaninig Syurix universiteti va Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti tadqiqotchilari super Yer sinfidagi sayyoralarning yangi turini ochdi. Ular Yer va Quyoshdan ko‘ra o‘zlarining yaratuvchisi bo‘lgan yulduzlarga yaqinroq joylashgan hamda kalsiy va alyuminiyga boy hisoblanadi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.
Super Yerlar og‘irligi jihatdan Yerdan 10 marta og‘ir bo‘lishi mumkin, biroq gaz gigantlaridan ancha yengil hisoblanadi. Ular tosh va metall jinslardan tashkil topgan, biroq vodorod va geliydan iborat qalin gaz qatlamiga ham ega bo‘lishi mumkin.
Yulduzga yaqin joylashganda sayyoralarning kimyoviy tarkibi umuman boshqacha bo‘lishi mumkin.
Olimlar bu turga kirishi mumkin bo‘lgan uchta sayyorani aniqlagan. Ular Yerdan 21 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan HD 219134 b, 41 yorug‘lik yili uzoqlikdagi 55 Raka e va 870 yorug‘lik yili uzoqlikdagi WASP-47 e hisoblanadi. Birinchi sayyoraning yulduz atrofida aylanish davri uch kunni, qolgan ikkitasiniki esa 18 soatni tashkil qiladi.
Izoh (0)