NASA olimlarining aniqlashicha, Saturnning halqasi kamida 100 million yildan keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoraning halqalar tizimi 100 million yildan keyin to‘liq yo‘q bo‘lib ketadi. Bunga halqalardan Saturn yuzasiga yog‘adigan “yomg‘irlar” sabab bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, gap Saturn halqalarining asosiy qismini tashkil qiladigan muz bo‘laklari “yomg‘iri” haqida ketmoqda.
Izoh (0)